Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2025

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2025-2026 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Amaliy matematika 60540200 / Matematika / Fizika 149.9 94.4
Biologiya 60510100 / Biologiya / Kimyo 140 134.3
Boshlangʻich taʼlim 60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 147.4 121.8
Fizika 60530500 / Fizika / Matematika 74.6 58.8
Geografiya 60530200 / Geografiya / Matematika 72.2 62
Jismoniy madaniyat 60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 178 171.4
Kimyo 60530100 / Kimyo / Matematika 68.2 60.1
Maktabgacha taʼlim 60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 102.3 87.2
Matematika 60540100 / Matematika / Fizika 140.9 92.3
Maxsus pedagogika: logopediya 60110301 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 129.5 104.4
Maxsus pedagogika: olegofrenopedagogika 60110302 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 106.6 81.7
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi 60111100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti — 69.4
Musiqa taʼlimi 60110600 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 142.2 115.2
Oʻzbek tili va adabiyoti 60110700 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 170.3 154.1
Pedagogika 60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 113.8 79.4
Psixologiya 60310300 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti — 89.6
Tarix 60220300 / Tarix / Geografiya 149 93.1
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi 60110500 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 149.6 73.8
Texnologik taʼlim 60111300 / Fizika / Matematika 68.3 59.8
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60110901 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 183.5 168.3