Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2026

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Amaliy matematika 60540200 177.8 110
Biologiya 60510100 / Biologiya / Kimyo 159.2 152.9
Boshlangʻich taʼlim 60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 164.8 153.9
Boshlang‘ich ta’lim 60110500 151.9 74
Fizika 60530500 / Fizika / Matematika 90.8 62.2
Fizika va astronomiya 60110700 175.3 161.7
Kimyo (turlari bo‘yicha) 60530100 100.9 74
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 119.6 56.7
Maktabgacha ta’lim 60110200 114.7 103.9
Matematika 60540100 153.5 114.3
Matematika va informatika 60110600 144.9 87.7
Maxsus pedagogika: logopediya 60110301 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 149.9 139.5
Maxsus pedagogika: olegofrenopedagogika 60110302 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 130.2 107.6
Mintaqaviy iqtisodiyot 60310300 146.9 104.1
Musiqa ta'limi 60111300 70.8 62.1
Neft va gaz kimyosi 60530200 70.3 61.7
Pedagogika 60110100 161.7 151.6
Sunʼiy intellekt 60610500 / Matematika / Fizika 141.1 61
Tarix 60111100 172.5 145.5
Tarix 60220300 / Tarix / Geografiya 166.3 106.6
Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi 60111200 174.7 169.2
Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili 60110901 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti 186.9 178.7