Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2024

Institut tarixi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora – tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 6-apreldagi 187-son qarori asosida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 15-iyundagi buyrugʻi bilan tarix fanlari doktori, professor Baxtiyor Mahmudjonovich Rasulov Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlandi.

Bu davrda institutda 3 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi, Boshlang‘ich va maktabgacha ta’lim hamda tillarni o’qitish metodikasi, Ijtimoiy fanlar, san’at va sportni o‘qitish metodikasi) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi 2022-yil 21-iyundagi PQ–289-son qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Andijon davlat Pedagogika instituti tashkil etildi.

Bu davrda institutda 5 ta fakultet (Aniq va tabiiy fanlar, Maktabgacha ta’lim, Ijtimoiy-gumanitar fanlar va san’at, Jismoniy madaniyat, Pedagogika fakultetlari) 7 ta kafedra faoliyat olib bordi.

Hozirda institutda 7 ta fakultet 15 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.​​​​

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Andijon davlat pedagogika instituti kirish ballari 2024-2025 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Amaliy matematika 60540200 / Matematika / Fizika 127 94.2
Biologiya 60510100 / Biologiya / Kimyo 133.1 128
Boshlangʻich taʼlim 60110400 / Ona tili va adabiyoti / Matematika 129.1 116.2
Fizika 60530500 / Fizika / Matematika 74.9 64.1
Geografiya 60530200 / Geografiya / Matematika 93.1 72.4
Jismoniy madaniyat 60111200 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 171.4 162.6
Kimyo 60530100 / Kimyo / Matematika 73.6 66.4
Maktabgacha taʼlim 60110200 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 106.6 82.8
Matematika 60540100 / Matematika / Fizika 118.5 95.8
Maxsus pedagogika: logopediya 60110301 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 117.6 96.6
Maxsus pedagogika: olegofrenopedagogika 60110302 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 109.8 76.8
Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi 60111100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 127.7 75.6
Musiqa taʼlimi 60110600 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 140.5 125.2
Oʻzbek tili va adabiyoti 60110700 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili 137.3 123.9
Pedagogika 60110100 / Tarix / Ona tili va adabiyoti 97.5 75.5
Psixologiya 60310300 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti 125.2 84.1
Tarix 60220300 / Tarix / Geografiya 148.8 80.1
Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi 60110500 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon 150.6 112.2
Texnologik taʼlim 60111300 / Fizika / Matematika 70.5 64.1