Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2021

Farg‘ona politexnika instituti haqida umumiy ma'lumot:

Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 7 ta fakultet mavjud: Qurilish, mexanika-mashinasozlik, energetika va Kompyuterlash texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Yengil sanoat, kimyotexnologiya, sirtqi va boshqa boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, „Yormozor“ akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Quvasoysement“ AJ, „Kvars“ AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor

Farg‘ona politexnika instituti fakultet hamda kafedralari:

 Mexanika - mashinasozlik

  • Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish kafedrasi
  • Oliy matematika kafedrasi
  • Tadbiqiy mexanika
  • Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
  • Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi kafedrasi

Energetika

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi
  • Elektr energetika kafedrasi
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi
  • Fizika kafedrasi

Kimyo texnologiya

  • “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
  • Oziq-ovqat texnolo¬giyasi kafedrasi
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

Qurilish

  • Bino va inshootlar qurilishi kafedras
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedras
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedras
  • Arxitektura kafedras
  • Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqish kafedrasi

Ishlab chiqarishda boshqaruv

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Menejment kafedrasi
  • Tillarni o'rgatish kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va auditi

Yengil sanoat va to'qimachilik

  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi
  • Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi
  • Tabiiy tolalar kafedrasi

Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari

  • Elektronika va asbobsozlik kafedrasi
  • Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi
  •  “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi
  •  Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi

Farg‘ona politexnika instituti yotoqxonasi:

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2021-2022 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Arxitektura (turlari bo‘yicha) 5340100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 30 10 20 121.8 96.6
Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha) 5340200 / Matematika / Fizika 100 35 65 92.4 72.45
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 5230900 / Matematika / Chet tili 40 9 31 148.05 106.05
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 5310200 / Matematika / Fizika 100 20 80 115.5 76.65
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) 5310700 / Fizika / Matematika 50 20 30 99.75 74.55
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 5310800 / Fizika / Matematika 50 15 35 89.25 70.35
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) 5310100 / Matematika / Fizika 50 20 30 102.9 77.7
Energiya tejamkorligi va energoaudit 5312100 / Matematika / Fizika 75 20 55 94.5 66.15
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi 5322800 / Kimyo / Biologiya 25 10 15 99.75 87.15
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) 5311500 / Matematika / Fizika 75 25 50 105 85.05
Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 5312700 / Fizika / Matematika 25 5 20 117.6 71.4
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 5230100 / Matematika / Chet tili 40 4 36 166.95 112.35
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 5320400 / Kimyo / Matematika 125 20 105 92.4 69.3
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 5320200 / Matematika / Fizika 125 25 100 100.8 73.5
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 5320101 / Kimyo / Matematika 25 5 20 84 68.25
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) 5640200 / Matematika / Fizika 13 3 10 96.6 74.55
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 5230200 / Matematika / Chet tili 40 4 36 149.1 102.9
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) 5310900 / Fizika / Matematika 50 20 30 87.15 71.4
Mexatronika va robototexnika 5312600 / Fizika / Matematika 25 5 20 130.2 73.5
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) 5340400 / Matematika / Fizika 75 20 55 88.2 69.3
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 5321300 / Kimyo / Matematika 13 3 10 116.55 77.7
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) 5321000 / Kimyo / Biologiya 100 25 75 111.3 96.6
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 5410500 / Kimyo / Biologiya 75 20 55 101.85 77.7
Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 5340500 / Matematika / Fizika 75 20 55 90.3 73.5
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) 5321200 / Fizika / Matematika 50 20 30 79.8 69.3
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) 5311000 / Fizika / Matematika 55 20 35 88.2 70.35
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari 5321700 / Matematika / Fizika 37 7 30 100.8 72.45
Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) 5320300 / Matematika / Fizika 125 25 100 94.5 67.2
Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha) 5310600 / Matematika / Fizika 125 35 90 102.9 70.35
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 5320900 / Matematika / Fizika 125 25 100 90.3 67.2
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 5321500 / Matematika / Fizika 100 30 70 80.85 66.15