Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2023

Farg‘ona politexnika instituti haqida umumiy ma'lumot:

Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 7 ta fakultet mavjud: Qurilish, mexanika-mashinasozlik, energetika va Kompyuterlash texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Yengil sanoat, kimyotexnologiya, sirtqi va boshqa boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, „Yormozor“ akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Quvasoysement“ AJ, „Kvars“ AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor

Farg‘ona politexnika instituti fakultet hamda kafedralari:

 Mexanika - mashinasozlik

  • Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish kafedrasi
  • Oliy matematika kafedrasi
  • Tadbiqiy mexanika
  • Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
  • Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi kafedrasi

Energetika

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi
  • Elektr energetika kafedrasi
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi
  • Fizika kafedrasi

Kimyo texnologiya

  • “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
  • Oziq-ovqat texnolo¬giyasi kafedrasi
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

Qurilish

  • Bino va inshootlar qurilishi kafedras
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedras
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedras
  • Arxitektura kafedras
  • Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqish kafedrasi

Ishlab chiqarishda boshqaruv

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Menejment kafedrasi
  • Tillarni o'rgatish kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va auditi

Yengil sanoat va to'qimachilik

  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi
  • Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi
  • Tabiiy tolalar kafedrasi

Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari

  • Elektronika va asbobsozlik kafedrasi
  • Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi
  •  “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi
  •  Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi

Farg‘ona politexnika instituti yotoqxonasi:

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2023-2024 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Arxitektura (turlari bo‘yicha) 60730100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 75 15 60 82.3 63.5
Avtomobilsozlik va traktorsozlik 60712400 / Matematika / Fizika 50 10 40 68.1 56.7
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610203 / Matematika / Fizika 50 10 40 114.2 75.8
Bank ishi va auditi 60410500 / Matematika / Chet tili 50 5 45 146.1 98.9
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) 60710200 / Biologiya / Kimyo 50 10 40 121.6 106.8
Biotibbiyot muhandisligi 60711800 / Fizika / Matematika 50 10 40 72.9 59.9
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410103 / Matematika / Chet tili 50 5 45 150.3 78.7
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) 60710705 / Fizika / Matematika 75 20 55 73.8 60.9
Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi 60712000 / Fizika / Matematika 50 10 40 70.4 56.7
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60711200 / Fizika / Matematika 50 10 40 71.4 57.6
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) 60710500 / Matematika / Fizika 100 35 65 94.5 70.7
Energiya tejamkorligi va energoaudit 60710900 / Matematika / Fizika 50 15 35 80.9 63.7
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi 60720500 / Kimyo / Biologiya 75 20 55 82.2 62.1
Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi 60721000 / Kimyo / Matematika 50 15 35 — 56.9
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) 60722500 / Matematika / Fizika 50 10 40 111 71.3
Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60711602 / Fizika / Matematika 50 10 40 68 56.7
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60310106 / Matematika / Chet tili 50 10 40 154.3 113.5
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 60710101 / Kimyo / Matematika 100 28 72 68.4 60.2
Konservalash texnologiyasi 60720400 / Kimyo / Biologiya 50 15 35 69.9 56.7
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60720800 / Matematika / Fizika 75 21 54 84.1 66.2
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 60720601 / Kimyo / Matematika 50 10 40 — 56.8
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha) 60720602 / Kimyo / Matematika 50 10 40 68.6 57
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60411204 / Matematika / Chet tili 50 6 44 135.7 83.3
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) 60711302 / Fizika / Matematika 75 25 50 68 56.8
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 / Matematika / Chet tili 50 5 45 137.6 84.4
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) 60730402 / Matematika / Fizika 100 35 65 68.3 56.7
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) 60711003 / Fizika / Matematika 50 10 40 68.6 56.7
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60721100 / Kimyo / Matematika 50 15 35 68 60.1
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) 60720100 / Kimyo / Biologiya 50 15 35 93.4 80.7
Professional ta'lim: elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari 60112416 / Fizika / Matematika 50 10 40 68 56.7
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 / Matematika / Fizika 50 10 40 68.6 58.7
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811300 / Kimyo / Biologiya 100 30 70 70.5 57.5
Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi 60730303 / Matematika / Fizika 75 25 50 83.2 66.5
Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 60730305 / Matematika / Fizika 75 25 50 68.3 58.6
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60310501 / Matematika / Chet tili 50 5 45 147.9 74.8
Sun’iy intellekt 60610700 / Matematika / Fizika 50 10 40 100.1 66.5
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) 60721300 / Fizika / Matematika 75 20 55 68.5 56.7
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”, "Teleradioeshittirish", "Mobil tizimlar") 60611002 / Matematika / Fizika 75 15 60 89.7 60.9
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) 60711404 / Fizika / Matematika 50 10 40 71.3 59.1
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari 60711900 / Matematika / Fizika 50 10 40 76.7 57.9
Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) 60720705 / Matematika / Fizika 125 35 90 73.7 58
Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040103 / Matematika / Fizika 50 10 40 109 70.7
Transport vositalari muhandisligi: avtomobil transporti 60712504 / Matematika / Fizika 75 15 60 78.7 59.3
Transport vositalari muhandisligi: ixtisoslashtirilgan transport vositalari 60712506 / Matematika / Fizika 50 10 40 71.3 56.7
Transportda tashishni tashkil etish va boshqarish (transport turlari bo‘yicha) 60713202 / Matematika / Fizika 50 10 40 69.1 56.8
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm buyumlari texnologiyasi) 60721203 / Matematika / Fizika 50 15 35 68.3 56.8
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: tikuv buyumlari texnologiyasi 60721210 / Matematika / Fizika 50 15 35 70.3 56.7
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: trikotaj 60721211 / Matematika / Fizika 50 15 35 68.8 56.8
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 60721401 / Matematika / Fizika 125 35 90 68 56.7
Yo‘l harakatini tashkil etish 61040300 / Matematika / Fizika 50 10 40 97.5 68.3
Yo‘l muhandisligi (sohalar va faoliyat turlari bo‘yicha) 60730802 / Matematika / Fizika 50 15 35 73.7 58.4