Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2022

Farg‘ona politexnika instituti haqida umumiy ma'lumot:

Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 7 ta fakultet mavjud: Qurilish, mexanika-mashinasozlik, energetika va Kompyuterlash texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Yengil sanoat, kimyotexnologiya, sirtqi va boshqa boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, „Yormozor“ akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Quvasoysement“ AJ, „Kvars“ AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor

Farg‘ona politexnika instituti fakultet hamda kafedralari:

 Mexanika - mashinasozlik

  • Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish kafedrasi
  • Oliy matematika kafedrasi
  • Tadbiqiy mexanika
  • Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
  • Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi kafedrasi

Energetika

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi
  • Elektr energetika kafedrasi
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi
  • Fizika kafedrasi

Kimyo texnologiya

  • “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
  • Oziq-ovqat texnolo¬giyasi kafedrasi
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

Qurilish

  • Bino va inshootlar qurilishi kafedras
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedras
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedras
  • Arxitektura kafedras
  • Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqish kafedrasi

Ishlab chiqarishda boshqaruv

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Menejment kafedrasi
  • Tillarni o'rgatish kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va auditi

Yengil sanoat va to'qimachilik

  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi
  • Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi
  • Tabiiy tolalar kafedrasi

Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari

  • Elektronika va asbobsozlik kafedrasi
  • Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi
  •  “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi
  •  Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi

Farg‘ona politexnika instituti yotoqxonasi:

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2022-2023 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Qabul kvotasi Grant kvotasi Kontrakt kvotasi Grant balli Kontrakt balli
Arxitektura (turlari bo‘yicha) 60730102 50 15 35 92.8 75.9
Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60610204 25 10 15 97.5 75.9
Bank ishi va auditi 60410500 25 10 15 129.3 91
Biotibbiyot muhandisligi 60711800 25 10 15 68.1 58
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) 60410104 25 6 19 150.5 98.9
Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) 60710602 80 15 65 105 70.7
Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar bo‘yicha) 60710702 70 15 55 68 57
Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi 60712000 25 5 20 — 56.8
Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) 60711200 50 10 40 72.5 56.7
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) 60710500 75 25 50 94.5 68.2
Energiya tejamkorligi va energoaudit 60710900 50 12 38 84.2 66.3
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi 60720500 25 7 18 71.8 62.5
Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo‘yicha) 60722500 50 10 40 102.9 73.9
Intellektual muhandislik tizimlari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60711602 25 10 15 68.9 56.8
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60310104 50 10 40 158.9 106.1
Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 60710101 130 34 96 68.3 59.3
Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish 60720800 125 21 104 91.5 63.3
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish) 60720603 25 10 15 — 56.8
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi: mashinasozlik 60720604 25 5 20 71.7 57.5
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi (tarmoqlar bo‘yicha) 61020201 25 5 20 74.6 61.7
Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60411212 45 11 34 126.7 85.2
Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (tarmoqlar bo‘yicha) 60711303 75 25 50 71.4 56.7
Mexatronika va robototexnika 60711500 25 5 20 69.5 57.1
Moliya va moliyaviy texnologiyalar 60410400 25 5 20 128.2 74.1
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) 60730402 50 15 35 76.8 61.3
Muqobil energiya manbalari (turlari bo‘yicha) 60711001 25 10 15 68.4 56.8
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60721100 25 5 20 80.1 65
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) 60720100 50 15 35 72.5 64.9
Professional ta'lim: elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari 60112417 25 10 15 69.3 58
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 25 10 15 68.3 63
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo‘yicha) 60811301 100 30 70 69.3 58
Qurilish muhandisligi: bino va inshootlar qurilishi 60730305 70 25 45 88.4 68.9
Qurilish muhandisligi: qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish 60730303 100 30 70 69.1 59.1
Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60310502 25 5 20 141.6 83.2
Sun’iy intellekt 60610700 25 10 15 96.6 72.6
Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi (xomashyo va jarayon turlari bo‘yicha) 60721300 80 25 55 68.7 56.7
Telekommunikatsiya texnologiyalari (“Telekommunikatsiyalar”) 60611001 25 10 15 78.8 67.4
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha) 60711402 45 10 35 68.6 56.7
Texnologik jarayonlarni boshqarishning axborot-kommunikatsiya tizimlari 60711900 25 10 15 94.7 70.3
Texnologik mashinalar va jihozlar (elektronika sanoati) 60720703 25 5 20 84.9 62.2
Texnologik mashinalar va jihozlar (tarmoqlar bo‘yicha) 60720701 125 34 91 77.3 61.9
Transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) 61040101 50 10 40 106.1 68.6
Transport vositalari muhandisligi (turlari bo‘yicha) 60712503 125 25 100 87.3 64.2
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (charm buyumlari texnologiyasi) 60721201 75 20 55 68.3 59.1
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi: tikuv buyumlari texnologiyasi 60721211 100 24 76 70.4 58.7
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari (ishlab chiqarish turlari bo‘yicha) 60721400 140 38 102 74.9 63.2
Yo‘l harakatini tashkil etish 61040300 25 10 15 82 68.4