Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Mandat 2026 Kirish ballari Eng past ballar Yangiliklar DTM testlar Reklama

Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2026

Farg‘ona politexnika instituti haqida umumiy ma'lumot:

Fargʻona politexnika instituti — xalq xoʻjaligi uchun malakali muhandislar, iqtisodchilar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Toshkent politexnika instituti umumtexnika fakulteti negizida 1967-yilda tashkil qilingan. Institutda 7 ta fakultet mavjud: Qurilish, mexanika-mashinasozlik, energetika va Kompyuterlash texnologiyalari, Ishlab chiqarishda boshqaruv, Yengil sanoat, kimyotexnologiya, sirtqi va boshqa boʻlim hamda asbobsozlik markazi bor. Unda 33 ta kafedra, 15 ta ilmiy tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyat koʻrsatadi. Institut qoshida instituternatlitseyi, „Yormozor“ akademik litseyi, Iqtisodiy mintaqaviy markazi, tayyorlov kurslari mavjud. Institutda 20 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar, 12 yoʻnalish boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.Kutubxonasida 200 mingdan ortiq asar saqlanadi. Institut tashkil qilinganidan beri 30 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlangan. Institutda 4 yoʻnalish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Institutda yaratilgan fan va texnika yangiliklari Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi, „Azot“ ishlab chiqarish birlashmasi, „Quvasoysement“ AJ, „Kvars“ AJ va boshqa korxonalarda tatbiq etilgan. Institut qoshida madaniyat saroyi, talabalar uyi, profilaktoriy, dam olish maskanlari, sport inshootlari bor

Farg‘ona politexnika instituti fakultet hamda kafedralari:

 Mexanika - mashinasozlik

  • Mashinasozlik texnologiyasi va avtomatlashtirish kafedrasi
  • Oliy matematika kafedrasi
  • Tadbiqiy mexanika
  • Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi
  • Yer usti transport tizimlari va ularni ekspluatatsiyasi kafedrasi

Energetika

  • Chizma geometriya va muhandislik grafikasi kafedrasi
  • Elektr energetika kafedrasi
  • Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari kafedrasi
  • Fizika kafedrasi

Kimyo texnologiya

  • “Kimyo va Kimyoviy texnologiya” kafedrasi
  • Oziq-ovqat texnolo¬giyasi kafedrasi
  • Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi kafedrasi

Qurilish

  • Bino va inshootlar qurilishi kafedras
  • Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji kafedras
  • Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedras
  • Arxitektura kafedras
  • Qurilish materiallari buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqish kafedrasi

Ishlab chiqarishda boshqaruv

  • Iqtisodiyot kafedrasi
  • Menejment kafedrasi
  • Tillarni o'rgatish kafedrasi
  • Buxgalteriya hisobi va auditi

Yengil sanoat va to'qimachilik

  • Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasi
  • Yengil sanoat buyumlari texnologiyasi kafedrasi
  • Tabiiy tolalar kafedrasi

Kompyuterlashgan loyihalash tizimlari

  • Elektronika va asbobsozlik kafedrasi
  • Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi
  •  “Ijtimoiy fanlar va sport” kafedrasi
  •  Metrologiya standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti kafedrasi

Farg‘ona politexnika instituti yotoqxonasi:

Talabalar turar joyilari institut hududida bir kampusda joylashgan bo‘lib, talabalar sport seksiyalari, fan va badiiy havaskorlik to‘garaklari xonalari, kutubxona, qiroatxona, maishiy xizmat xonalari asosan o‘quv binosi ichida joylashgan inshootlardan foydalanidi. Jumladan: 1 ta 500o‘rinli madaniyat saroyi, 2 ta 18x36 hajmdagi yopiq sport zal, 2 ta basketbol maydoni, 2 ta voleybol maydoni, 2 ta mini futbol maydoni, 1 ta tennis korti, 4x400 metrli yugurish yo‘lakchasi, 6 ta nostandart gimnastika maydonchasi, 6 ta “Work out” jihozlari bilan ta’minlangan, bugungi kunda 10 ta sport seksiyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, basketbol (erkak, ayol), voleybol (erkak va ayol), mini futbol, futbol, stol tennisi, shaxmat, shashka, kurash (milliy, belbog‘li, yunon-rum), badminton, tosh ko‘tarish sport seksiyalari faoliyat olib bormoqda. “Yoshlik ansambli” badiiy havaskorlik to‘garagi, 2 ta kutubxona ya’ni 1 ta axborot resurs markazi va 1 ta “Renessans xoll”da talabalar kutubxona xizmatidan foydalanadi

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Farg‘ona politexnika instituti kirish ballari 2026-2027 — Kunduzgi, O‘zbek
Mutaxassislik Grant balli Kontrakt balli
Agrokimyo va agrotuproqshunoslik 60810700 68.1 61.9
Arxitektura (turlari bo‘yicha) 60730100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti 75.8 66.6
Bank ishi va auditi 60410500 — 101
Biotexnologiya (tarmoqlar bo‘yicha) 60710200 124.5 120.5
Biotibbiyot muhandisligi 60711800 74.2 63.3
Birja ishi 60410900 139.7 82.1
Dasturiy injiniring 60610600 78.4 63.3
Elektronika va asbobsozlik 60710700 / Fizika / Matematika 69.4 56.7
Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) 60710500 68.3 56.7
Energetika muhandisligi 60710400 / Matematika / Fizika 68.3 58.7
Energiya mashinasozligi (tarmoqlar bo‘yicha) 60711100 / Matematika / Fizika 68.3 58
Energiya tejamkorligi va energoaudit 60710900 69.6 56.7
Funksional ovqatlanish va bolalar mahsulotlari texnologiyasi 60720500 — 56.8
Geodeziya va geoinformatika 60721500 / Matematika / Fizika 75.7 61
Gidroenergetika 60710800 69.5 56.7
Havodagi harakatni boshqarish 61040200 99.3 62.1
Iqtisodiyot 60410100 / Matematika / Chet tili 158.9 122.1
Kimyo muhandisligi 60710100 / Kimyo / Matematika 68.4 56.7
Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) 60610100 90.2 77.9
Marketing 60411200 / Matematika / Chet tili 142.6 80.8
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi 61020200 / Matematika / Fizika 78.7 57.7
Metallar texnologiyalari (jarayon turlari bo‘yicha) 60712300 69.5 56.7
Mexatronika va robototexnika 60711000 / Fizika / Matematika 72.2 56.7
Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi 60730400 / Matematika / Fizika 69.2 56.8
Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi 60720600 / Kimyo / Matematika 68.1 56.9
Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha) 60720100 83.4 77.7
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish 60810100 71.2 56.7
Qurilish muhandisligi 60730300 / Matematika / Fizika 68.6 56.7
Soliqlar va soliqqa tortish 60410200 143 100.8
Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) 60410800 149 96.7
Sug‘urta ishi 60410600 154.7 108.6
Sunʼiy intellekt 60610500 / Matematika / Fizika 102.9 67.1
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspluatatsiyasi 60730500 70.5 57.8
Texnologik mashinalar va jihozlar 60720401 / Matematika / Fizika 68.4 56.7
Transport vositalari muhandisligi 60711400 / Matematika / Fizika 75 59
Vinochilik texnologiyasi, bijg‘ish mahsulotlari va alkogolsiz ichimliklar texnologiyasi 60720300 — 56.7
Yengil sanoat muhandisligi 60720700 / Matematika / Fizika 68.2 56.7