Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi

O‘zbekiston milliy universiteti kirish ballari 2020

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti (O'zMU) haqida umumiy ma'lumot:

Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. 

Oliygoh Oʻzbekistondagi eng yirik oliy oʻquv yurti va ilmiy tekshirish markazlaridan biri bo'lib, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi birinchi universitet hisoblanadi. 1918-yil Turkiston xalq universiteti sifatida Toshkent shahrida tashkil etilgan. Turkiston xalq universiteti 1920-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan Oʻrta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (Toshkent Davlat Universiteti) deb nomlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga Milliy universitet maqomi berildi va u hozirgi nomi bilan ataldi. 1995-yil Mirzo Ulugʻbek nomi berilgan.

Bugungi kunda Milliy universitetda 29 nafar akademik, 150 dan ortiq fan doktori va professorlar, 400 dan ziyod fan nomzodi, falsafa doktori va dotsentlar faoliyat ko`rsatmoqda, 200 dan ortiq yosh olimlar va 500 dan ziyod iqtidorli talabalar ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Ulkan ilmiy salohiyatga ega bolgan O`zMU respublikada tayanch oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi. Unda barcha universitetlar uchun Davlat ta`lim standartlari, o`quv rejalari va dasturlari tayyorlanib, talim jarayoniga tatbiq etilmoqda.

Nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog`lash uchun O`zMUning 3 ta dala-amaliyot maydoni, 32 ta oquv-ilmiy laboratoriyasi, 3 ta oquv-ilmiy-tajriba markazi, 1 ta OTMlararo ilmiy laboratoriyasi va 2 ta noyob obektning moddiy-texnik bazasi takomillashtirilmoqda . Shu bilan bir qatorda, talaba-yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb qilish, grant tanlovlari va loyihalarida ishtirok etish, boshqa oliy ta`lim va ilmiy - tadqiqot muassasalari uchun maqsadli ilmiy kadrlar tayyorlash ishlari izchil davom etmoqda.

O`zMU 32 ta rivojlangan davlatlarning 100 dan ortiq oliy talim va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik qilmoqda. M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Seul Milliy universiteti, Kaliforniya davlat universiteti shular jumsidandir.

Axborot-resurs markazi zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan va internet tizimiga ulangan bo`lib, kutubxona fondi 4 millionga yaqin adabiyotga ega.

Milliy Universitetning fakultetlari va yo'nalishlari

Hozirgi kunda O`zMUda bakalavr ta`lim yo`nalishlari - 45 ta, magistratura mutaxassisliklari - 68 ta.

Fakultetlar ro'yxati: Tarix fakulteti, Kimyo fakulteti, Fizika fakulteti, Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakulteti, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti, Iqtisodiyot fakulteti, Jurnalistika fakulteti, Xorijiy filologiya fakulteti, Matematika fakulteti, Biologiya fakulteti, Taekvondo va sport faoliyati fakulteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti.

Oliygohning yo'nalishlari bo'yicha o'tgan yilgi va joriy yilgi kirish ballari hamda qabul kvotalari haqida quyida batafsil javob olishingiz mumkin.

Yotoqxona haqida:

Turli hududlardan kelgan talabalar Yoshlik talabalar shaharchasidagi zamonaviy turar joylarda yashaydi, intellektual saviya va jismoniy madaniyatini oshirish uchun barcha imkoniyatlarga ega.

Universitetga qarashli 10 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularda jami o‘rinlar soni 2021 yilga qadar 3600 tani tashkil etar edi. 2021 yilda universitet talabalar turar joylarini ikki yarusli krovatlar bilan ta’minlash orqali qo‘shimcha 1500 ta o‘rinlar yaratilib, yotoqxona sig‘imi 5130 taga yetkazildi.

Kirish ballari va qabul kvotalari

Grant
Shartnoma
Tanlov
Mutaxassislik
Qabul kvotalari
Kirish ballari

Agrokimyo va agrotuproqshunoslik

5410100 / Biologiya / Kimyo

50
10
40
157.5
132.8

Amaliy matematika va informatika

5130200 / Matematika / Fizika

50
14
36
170.3
151.6

Antropologiya va etnologiya

5121400 / Tarix / Geografiya

25
10
15
157.7
148.3

Arxeologiya

5120400 / Tarix / Geografiya

25
10
15
160.7
145.5

Arxivshunoslik

5220300 / Matematika / Tarix

25
5
20
120.3
103.9

Astronomiya

5140400 / Matematika / Fizika

25
5
20
135.7
113

Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti

5330100 / Matematika / Fizika

25
5
20
164
119.6

Axborot xavfsizligi (sohalar bo`yicha)

5330300 / Matematika / Fizika

25
5
20
170.2
145.4

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

5220200 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili

50
10
40
129.9
101.3

Biologiya (turlari bo`yicha)

5140100 / Biologiya / Kimyo

75
24
51
164.1
158

Biotibbiyot fizikasi

5141500 / Matematika / Fizika

50
15
35
148.1
119.5

Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

5630100 / Biologiya / Kimyo

25
5
20
135.6
115.9

Ekonometrika

5232200 / Matematika / Chet tili

25
5
20
163.7
138.3

Falsafa

5120500 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

25
10
15
167
157.5

Filologiya va tillarni o`qitish: fransuz tili

5120114 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
154
135.4

Filologiya va tillarni o`qitish: ingliz tili

5120112 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

50
15
35
179.7
170.2

Filologiya va tillarni o`qitish: nemis tili

5120113 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
128.5
100.4

Filologiya va tillarni o`qitish: o`zbek tili

5120101 / O‘zbek tili va adabiyoti / Chet tili

75
20
55
173.5
151.7

Fizika

5140200 / Matematika / Fizika

175
46
129
173.1
138.2

Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari bo`yicha)

5311500 / Matematika / Geografiya

50
6
44
122.1
75.6

Geografiya

5140600 / Matematika / Geografiya

25
5
20
138.5
104.9

Geologiya

5140800 / Matematika / Geografiya

250
66
184
103.1
75.2

Gidrologiya (tarmoqlar bo`yicha)

5141100 / Matematika / Geografiya

25
8
17
72.6
69.1

Gidrometeorologiya

5140700 / Matematika / Geografiya

25
6
19
104.5
82.5

Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)

5520102 / Matematika / Chet tili

25
5
20
129.4
73

Ijtimoiy ish (pensiya ta'minoti)

5520101 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

25
2
23
154.4
106.4

Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

5330200 / Matematika / Fizika

50
6
44
160.8
129

Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

5230100 / Matematika / Chet tili

25
3
22
176.4
157

Kimyo

5140500 / Kimyo / Matematika

175
43
132
135.2
94.6

Matematik injiniring (ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha)

5130300 / Matematika / Fizika

25
5
20
167.3
123.2

Matematika

5130100 / Matematika / Fizika

100
40
60
182.7
170.3

Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi

5231600 / Matematika / Chet tili

50
5
45
170.1
142

Menejment (sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish)

5230213 / Matematika / Chet tili

25
5
20
125.4
103.3

Menejment (tarmoqlar va sohalar bo`yicha)

5230200 / Matematika / Chet tili

25
-
25
-
135.1

Mexanika

5140300 / Matematika / Fizika

50
10
40
154.7
122.6

Milliy g`oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi

5111600 / Tarix / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
182.8
170

Mintaqaviy iqtisodiyot

5232300 / Matematika / Chet tili

25
5
20
160.5
144.5

Neft va gaz kimyosi

5141300 / Kimyo / Matematika

50
14
36
112.4
87.4

Polimer va kompozitsion materiallar kimyosi

5141400 / Biologiya / Kimyo

25
5
20
136
125.5

Psixologiya: amaliy psixologiya

5210203 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

75
20
55
160.7
132.5

Psixologiya: oila psixologiyasi

5210204 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
126.1
100.6

Psixologiya: yoshlar psixologiyasi

5210205 / Biologiya / Ona tili va adabiyoti

25
5
20
122.4
100.4

Sotsiologiya

5210100 / Matematika / Ona tili va adabiyoti

25
8
17
144.7
123.1

Sport faoliyati: regbi

5610544 / Tarix (Kirish - 1-mavzu) /

25
5
20
-
-

Sport faoliyati: taekvondo (WTF)

5610518 / Kasbiy (ijodiy) imtihon / Kasbiy (ijodiy) imtihon

25
5
20
-
-

Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo`yicha)

5120300 / Tarix / Geografiya

75
15
60
179.5
167.3

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

5120203 / Fransuz tili / Ona tili va adabiyoti

10
2
8
157.6
122.9

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

5120201 / Ingliz tili / Ona tili va adabiyoti

20
4
16
182.8
167.1

Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

5120202 / Nemis tili / Ona tili va adabiyoti

10
2
8
107
88.2

Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

5111400 / Ona tili va adabiyoti / Chet tili

75
15
60
179.6
170