Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ko‘pi ayollar
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ko‘pi ayollar
Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 96 516 nafari (51,6 %) erkaklar, 90 355 nafari (48,4 %) esa ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar orasida ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligi kuzatilmoqda. Jumladan:
- Erkaklar — 18 572 nafar (45,1%);
- Ayollar — 22 581 nafar (54,9%).
2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni tashkil etdi, bu ko‘rsatkich erkak va ayollar uchun bir xil.
Shuningdek, talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh, eng yoshi kattasi esa 69 yosh bo‘lsa, erkaklarda bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.
Bu ma’lumotlar Bilimni baholash agentligining joriy yilgi statistikalariga asoslanadi va davlat grantiga talaba bo‘lgan ayollar sonining oshganligini ko‘rsatadi.