Bu yil grantlar soni 25 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Prezidentning «2021-2022 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Hujjat loyihasiga muvofiq 2021/2022 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi qabul parametrlarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanmoqda:
- davlat granti asosidagi davlat buyurtmasi parametrlarini 2020/2021 o‘quv yiliga nisbatan 25 foizga oshirilgan holda belgilash;
- «ijtimoiy lift» tamoyili asosida xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini kengaytirish maqsadida alohida grant o‘rinlarini ikki barobarga oshirish;
Davlat oliy ta’lim muassasalariga Davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:
kunduzgi ta’lim shakliga – 115 343 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 36 211 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 6 325 nafar;
b) magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 12 914 nafar;
v) nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi parametrlari 56 nafar etib tasdiqlanadi.
Shuningdek, Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 2000 nafar qo‘shimcha davlat granti ajratilishi belgilangan.
Shu bilan birga:
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan 100 nafardan xotin-qizlar uchun har yili mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan;
- moliyaviy barqaror davlat oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning Kengashi qaroriga asosan 50 nafargacha xotin-qizlar uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi ko‘zda tutilmoqda.