Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga kirishni istagan abituriyentlar 3-mayga qadar ro‘yxatdan o‘tishi mumkin
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
2023-yil 6-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida oliy ta’lim va oliy ta’limdan keyingi ta’limga qabul qilish va o‘qitish tartibini belgilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 143-son qarori qabul qilindi.
Mazkur qarorda Akademiyaning “Tergov faoliyati” bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga nomzodlarni ro‘yxatga olish Bilimni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
Shu sababli Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi” bo‘limi ochilib, talabgorlarni ro‘yxatga olish imkoniyati yaratildi.
Huquqni muhofaza qilish akademiyasining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha talabgorlarni ro‘yxatga olish 2023-yil 3-may kuniga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi.