Latviya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun stipendiyalar taklif etadi
Muddati:
01.04.2021
Davlat:
Latviya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
O‘zbekiston Respublikasinig Latviyadagi Elchixonasi tomonidan ushbu davlatning Fan va ta’lim vazirligi bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga quyilgan bo‘lib, hozirda ta’lim va tadqiqot sohalariga grant mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha faol ishlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.
Latviya hukumatining Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Davlat agentligi 2021/2022 o‘quv yillari uchun O‘zbekiston Oliy ta’lim muassasalari ilmiy xodimlari, o‘qituvchi va talabalari uchun stipendiya va grantlar ajratishni rejalashtirmoqda.
Muddati: 2021 yil 1 aprel.
Mamlakat: Latviya.
Ushbu stipendiya va grantlar 3 ta dastur bo‘yicha taqdim etiladi:
- Scholarships for Studies
- Latvian fellowships for Research
- Latvian Scholarships for Summer Schools
Agar siz Latviya mamlakatida ilmiy tadqiqotlar yoki stajirovka o‘tash niyatida bo‘lsangiz Latviyaning Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha Davlat agentligining veb-sahifasi orqali tanishib chiqib, 2021 yilning 1 aprel sanasiga qadar ariza berishingiz mumkin.