Omadli bo‘lishning 10 ta qoidasi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ko‘pchilik insonlar “omad” tushunchasiga qandaydir tasodifiy va kimga nasib qilishi noma’lum bo‘lgan tushunchadek qarashadi. Aslida endilikda dunyoning ko‘pchilik mutahasislari tamonidan nega inson omadli yoki omadsiz bo‘lishini sababini topib, ilmiy tamondan isbotlab qo‘yishdi.
Mutahasislar bir necha ming omadli insonlarni hayotlarini o‘rganib chiqishilari natijasida ularni dunyoqarashlari va hatti harkatlarida umumiylik borligini aniqlashgan. Mana shu umumiylik omadli inson ega bo‘lishi kerak bo‘lgan hislatlar ekanligini isbotlashdi. Shuningdek mutahasislar omadsiz, baxtsiz, qashshoq va bemor insonlarda aynan shu hislatlar umuman yo‘qligiga guvoh bo‘lishgan.
Omadli, baxtli, so‘glom va boy-badavlat inson ega bo‘lishi zarur bo‘lgan eng asosiy hislatlarni quyida birma bir sanab o‘tamiz:
1. Nima xohlaysiz?
Siz hayotingiz qanday bo‘lishini xohlaysiz? Ko‘pchilik omadli va baxtli bo‘lishni xohlayman deb aytadi. Lekin bu so‘zlar hech narsani anglatmaydi. Chunki, inson o‘z hayotini har bir sohasida qanday natijaga erishishni o‘zi uchun aniqlab olmaguncha omad va baxt kelmaydi. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, siz nima xohlashingizni bilmasangiz, Ollox ham siz nima xohlashingizni bilmaydi va o‘z navbatida sizga nima berishni ham bilmaydi. Ko‘pchilik men baxt va omad so‘rayveray, Olloxni o‘zi bilib, manga kerakli narsalarni beradi deb o‘ylaydi. Lekin, tajribalarni ko‘rsatishicha, hayotini 8 ta sohasi (oila, pul, sog‘liq va hok.) bo‘yicha havas qilsa arzigulik insonlar har bir sohada aynan qanday yutuqlarga erishmoqchi ekanliklarini doim hotiralarida saqlasharkan.
2. Hayotingiz sizni quvontirishi zarur.
10 ballik baholash tizimi bo‘yicha hayotingiz sizni qanchalik qoniqtirishini baholang.
10- bu yetib bo‘lmas ideal, 8-9 – bu yetish mumkin bo‘lgan ideal holat, 1-7 ayachli holat.
Agar siz qo‘ygan baho 1-7 oralig‘ida bo‘lsa, u holda siz darhol yengingizni shimarib, hayotingizni yahshi tamonga o‘zgartirishga harakat qilishingiz zarur.
3. Orzu – maqsadlaringiz sizni quvontirishi kerak.
Bizni quvontirmaydigan orzu – niyatlar ham bo‘ladi. Ular atrof muhitdagi insonlar (ota-ona, ustozlar, o‘rtoqlar va hok.) tamonidan miyyaga singdirib qo‘yilgan niyatlar bo‘ladi.
Agar niyatingiz huddi hozir amalga oshganini tasavvur qilganingizda, siz quvonmasangiz, yani “qani edi shu narsa amalga oshganida, juda zo‘r bo‘lardi, juda xohlayman shu narsa bo‘lishini” kabi quvonchli hislarni qalbingizda tuymasangiz, demak u niyat sizniki emas. Yani, qalbingizdan chiqqan va aynan sizga tegishli orzu-havas emas.
4. Hayotdan bahra olib yashash kerak.
Sizni o‘zingizdan boshqa hech kim sizni nima quvontirishni bilmaydi. Hayotingizdagi kichik bir ishlardan quvonishni o‘rganing. Hayotingizdagi salbiy voqiyalar sonini emas, omadli yakunlangan ishlar sonini hisoblang va ular uchun yaratganga har gal shukr ayting. Buning uchun katta bir quvonchli hodisa bo‘lishi shart emas. Siz toza havodan, g‘o‘zal tabiyatdan, yeyayotgan taomingizdan, qilayotgan ishingizdan yoki boshqa kichik bir ishlardan quvonishni o‘rganishingiz kerak.
5. Kuling!
Kulgu va omad orasidagi bog‘liqlikni ilohiy hodisa desa ham bo‘ladi. Lekin, hayotda doim kulib yuradigan insonni hamma yahshi ko‘radi, oldiga talpinadi, gaplashgisi keladi va bunday odamlar hammani kayfiyatini ko‘tarishadi. Shuning uchun bunday inson niyatiga yetishi, kerakli tanishlarni ortirishi, atrofida hamfikr insonlarni yeg‘ishi, atrofdagilar bilan kelishish va insonlar qo‘llab – quvvatlashiga erishish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi.
6. Orzu va maqsadlaringiz ko‘p bolishi kerak.
Niyatlar soni qancha ko‘p bo‘lsa, shuncha ularni amalga oshishi tezroq bo‘ladi. Ko‘pchilik biror narsani orzu qiladi va u narsaga yetishish yo‘lini o‘ylaganda, “Rosa qiyin ekan, qancha narsani qilish kerak ekan” digan holda bu niyatdan voz kechadi. Man uchunmas deydi. Lekin bu ishni hech qachon qilish kerak emas. Boshida yetishish yo‘lini o‘ylash kerak emas, u niyatni xohlashda davom etaverish kerak va ollox o‘zi yo‘l ko‘rsatadi va niyatingiz amalga oshadi.
Agar sizda juda ko‘p orzu-niyatlar bo‘lsa, barchasi shahsan sizga tegishli bo‘lsa va siz ularni amalga oshishiga ishonsangiz, natijada sizda hayotdan mamnunlik va bahtiyorlik paydo bo‘ladi. Hayotda quvonib yashaydigan inson esa albatta omadli va bahtli insonga aylanadi. Har sohada omadi keladi va orzulari tez, oson va hech qanday qiyinchiliklarsiz, yo‘l-yo‘lakay amalga oshadi.
7. Orzu – niyatlarni kalla orqali emas, tana orqali tanlash kerak (Xa refleksi).
Agar orzu – niyat ong orqali tanlanadigan bo‘lsa, inson hamma qiladigan orzularni o‘ylab topadi. Shuning uchun o‘zingizga quloq soling. Orzularingizni tekshiruvdan o‘tkazing: o‘rningizdan turib, ko‘zingizni yuming va qo‘lingizni ko‘ksingizga qo‘ying. Orzuingiz obrazini tasavvur qiling. Tanangiz bu niyatga qanday javob qaytarmoqda. Agar siz ichki quvonchni, kuchingiz ko‘payganini va tanangiz “Xa…Xa…Men buni xohlayman!” deb aytsa, demak bu sizni qalbingizdan chiqqan asl niyatingiz xisoblanadi. Aks holda bu niyat boshqalar tamonidan ongingizga singdirib qo‘yilgan orzu-havaslar hisoblanadi. O‘ylagan obrazingizga tanangizni ijobiy javobi “Xa refleksi” deb ataladi.
8. Qattiq xohlash mumkin emas.
Bu hayot qonuni. Agar biror narsani qattiq xohlasangiz, uni amalga oshish ehtimoli ancha kamayadi. Shunday bo‘lmasligi uchun niyatlar soni ko‘p bo‘lishi kerak. Agar niyatlar soni 100 dan ortiq bo‘lsa, inson hech qaysi birida unday qattiq tashvishlanmaydi. Chunki kishini barcha kuch va e’tibori o‘sha 100 ta niyatga bo‘linib ketadi.
9. Hayot bu – o‘yin maydoni.
Hayotga yengil munosabatda bo‘lishga o‘rganing. Hayotingizga havf solmaydigan har qanday voqiya, hodisa yoki obyekt sizga hayotdan lazzatlanish, rivojlanish, o‘zligingizni namayon qilish va turli ro‘llarda “o‘ynab” ko‘rishingiz uchun beriladi. Hayotda bo‘layotgan barcha hodisalarga o‘yindek qarash kerak. Agar o‘ynayotgan o‘yiningiz yoqmasa, sizda bu o‘yinni tugatish va boshqa o‘yinni boshlash imkoniyati bor.
Kundalik hayotni mayda-chuyda ishlariga jiddiy qarashlik stress, charchoq, tushkunlik va boshqa ruhiy muommolarga olib keladi. Ko‘pchilik hayotiy muhim va ikkinchi darajali ishlarini bir-biridan ajrata olishmaydi va hammaga hayotni qiyinligi haqida jar solishadi. Hayotiy muhim ishlar – bu insonni yer yuzida yashab qolishi va havfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlar. Masalan, organizmga kerakli ozuqa moddalari bilan oziqlanish, sog‘liqni asrash, kasallikni davolash, havfsiz yashash sharoitini ta’minlash, inson hayotiga tahdid solayotgan omillarni bartaraf etish va hokozo. Qisqasi, bu ishlarni ma’lum vaqt qilmasa, inson hayotdan ko‘z yumishi aniq. Bu ishlarni har kim qilishga majbur. Qolgan barcha ishlar esa, ikkinchi darajali ishlar hisoblanadi va inson bu ishlarni qilishga mutlaqo majbur emas. Yani, inson bu ishlarga huddi o‘yindek qarashi kerak. Masalan, turmush qurish o‘yini, bola tarbiyalash o‘yini, ko‘proq pul topish o‘yini va hokozo.
10. Hech qachon faqat birgina ish bilan shug‘ullanmang.
Har doim har qadamingizda bir o‘q bilan ikki quyonni uring. Bir vaqtda kamida 2 ta niyatingizni amalga oshirishga harakat qiling. Shunda niyatlaringiz tezda amalga oshadi va bu narsa o‘z navbatida hayotingiz yanada quvonchli, omadli va baxtli bo‘lishiga olib keladi.