Open Talks on Transport Connectivity in Central Asia and Afghanistan: Qirg‘zistonning O‘sh shahrida bo‘lib o‘tuvchi 2 kunlik ochiq suhbatda qatnashish imkoniyati. Transport xarajatlari qoplanadi
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy ma’lumotlar:
C5+1 Yoshlar Kengashi tomonidan Qirg‘zistonning O‘sh shahrida 28-29-may kunlari bo‘lishi rejalashtirilayotgan “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda transport aloqalari" bo‘yicha ochiq muzokaralar” mavzusida 2 kunlik ochiq suhbatda qatnashish uchun nomzodlardan arizalar qabul qilishni boshladi.
Sana: 2022-yil 28-29-may
Manzil: O‘sh, Qirg‘iziston
Format: Offlayn
Til: Ingliz tili
Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:
Ingliz tilini erkin muloqot qila olish darajasida bilishi zarur. Shuningdek,
- transport va logistika mavzularida tadqiqot yoki maqola qilgan;
- O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Afg‘onistonda istiqomat qiluvchi;
- Qirg‘izistonning O‘sh, Botken va Jalolobod viloyatlaridan;
Foydali jihatlari:
- Xalqaro transport xarajatlari ya’ni Toshkentdan O‘shga borib kelish xarajatlari qoplanadi;
- Ishtirokchilar transport (logistkika) bo‘yicha mutaxasis hamda expertlar bialn suhbatlar davomida o‘z bilim va malakalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi;
- Eng yaxshi g‘oyaga ega jamoa pul mukofotiga ega bo‘lishadi;
Eslatma: Barcha tanlanganlar yosh ishtirokchilar ekspert ishtirokida “Markaziy Osiyo va Afg‘onistonda logistika va transportni rivojlantirishning hozirgi holati” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etadilar va o‘zlarining yashash mamlakatlari asosida o‘z ilmiy maqolalarini taqdim etadilar.
Barcha arizalar BU YERDAN Toshkent vaqti bilan 20- may 22:59 ga qadar qabul qilinadi;