Qo‘shimcha ta’tillar kimlarga va qanday tartibda beriladi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Qo‘shimcha ta’tillar kimlarga va qanday tartibda beriladi?
Mehnat kodeksiga muvofiq, har yilgi qo‘shimcha ta’tillar to‘rtta asosiy holatda berilishi mumkin. Ushbu ta’tillar odatda ish sharoitlari yoki ish stajiga bog‘liq bo‘lib, ishchilarga qo‘shimcha dam olish imkonini yaratadi.
Qo‘shimcha ta’tillar kimlarga beriladi?
- Noqulay mehnat sharoitlarida ishlayotgan xodimlarga – Mehnat kodeksi 481-moddasi
- Og‘ir iqlim sharoitlarida ishlovchilarga – Mehnat kodeksi 483-moddasi
- Ko‘p yillik ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlarga – Mehnat kodeksi 220-moddasi
- Jamoa shartnomalari, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomalariga muvofiq beriladigan ta’tillar
Qo‘shimcha ta’til qanday hisoblanadi?
Mehnat kodeksining 222-moddasiga asosan, har yilgi qo‘shimcha ta’tillar asosiy ta’til muddati bilan jamlanadi. Masalan, agar xodim:
- Asosiy ta’til – 21 kun
- Ish staji bo‘yicha qo‘shimcha ta’til – 4 kun (10 yillik ish tajribasi uchun)
- Jamoa shartnomasi bo‘yicha ta’til – 5 kun
Bu holda xodim jami 30 kunlik ta’til olish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’tillar maksimal muddati
Mehnat kodeksining 222-moddasiga ko‘ra, barcha ta’tillar jamlanganda ularning umumiy davomiyligi 56 kalendar kundan oshib ketmasligi kerak. Shu sababli, har bir tashkilot va xodim bu cheklovni inobatga olishi lozim.