Tarix va ona tili milliy sertifikatlariga 50 foiz ustama 2025-yildan to‘lanadi
29.04.2024 09:47

Prezident farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili va adabiyot hamda tarix fanlari bo‘yicha Bilim va malakalarni baholash agentligining milliy baholash tizimida olingan tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan va ushbu fanlardan dars beruvchi pedagog kadrlarga ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanadi.
Hozir bu ustama — 20 foiz.
Shuningdek, farmonda 2024-yilda 7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o‘qitiladi. Xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo‘yicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshning imtihon xarajatlari qoplab beriladi.
Teglar
Ulashing
O‘xshash xabarlar
Ona tilidan ehtimoliy esse mavzulari e’lon qilindi
25-fevral 06:10
Ona tili va adabiyot fanidan namunaviy test topshiriqlari
24-fevral 04:55
Ilm olishda muvaffaqiyatga erishish uchun 6 oltin qoida
16-yanvar 15:29