Zamonaviy Muslim Madaniyatining Xalqaro yoshlar Festivaliga GRANT asosida qatnashish imkoniyati

"Registon" o’quv markazining qadriyatlari: Mas'uliyatlilik. Sifat va natijaga erishishimiz uchun har birimiz mas'uliyatni bo'ynimizga olishimiz shart.– Registon ta'lim loyihasi
Umumiy Ma’lumotlar:
Zamonaviy Muslim Madaniyatining Xalqaro yoshlar Festivaliga(the International Youth Festival of Modern Muslim Culture!) hujjat topshirish davom etmoqda. Loyihaning maqsadi - Rossiya va OIC(Organization of Islamic Cooporation-Islom Hamkorlik Tashkiloti(IHT))mamlakatlari hududlarining asl mualliflari, ijrochilari va ijodiy jamoalarining ijodini aniqlash va qo‘llab -quvvatlash.
Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:
✔️ 18-35 yoshdagilar uchun;
✔️ Barcha OIC (Organization of Islamic Cooporation) a’zo davlat fuqorolari(O‘zbekiston ham mavjud) hamda Rossiya fuqorolari uchun;
✔️Yaratuvchanlik hamda liderlik qobilyatlariga ega bo‘lgan yoshlar yakka tartibda yoki guruh tartibida ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha qatnashishlari mumkin:
- Teatr;
- Original janr;
- Musiqa;
- Xoreografiya;
- Tasviriy san’at;
- Kino;
Eslatma: Qabul qilingan nomzodlar 22-28noyabr kunlari Kazanga festivalga qatnashishadi; Qabul qilingan nomzodlarning oziq ovqat xarajatlari, tarqatma materiallar xarajatlari, Tatariston Respublikasiga ichida sayohat xarajatlari to‘liq qoplanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun USHBU Online ariza shaklini to‘ldiring.