University of OULU: Finlandiyada bakalavr va magistratura bosqichlari uchun to‘liq grant
Muddati:
19.01.2022
Davlat:
Finlandiya
Rasmiy havola:
Grant turi:
Bakalavriatura, Magistratura
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Umumiy Ma’lumotlar:
Finlandiyaning nufuzli universitetlaridan biri University of OULU yuqori salohiyatli hamada bilimga chanqoq yoshlarni bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘liq va qisman grantlar asosida o‘qishni taklif etmoqda.
Nomzodlar uchun qo‘yilgan talablar:
- Magistraturaga topshirishni istaganlardan bakalavriat diplomi, bakalavriat bosqichi uchun maktab attestat/kollej diplomi;
- Magistratura uchun: Til talablari- IELTS akademik yoki IELTS Indicator-6.5 yoki TOEFl iBT- 92 (writing qismi kamida 20);
- Bakalavriat uchun: Til talablari-IELTS akademik yoki IELTS Indicator-6.5 yoki TOEFl iBT- 78;
- Ba’zi yo‘nalishlarda SAT yoki GRE va GMAT ham talab etiladi;
- Akademik ko‘rsatkichlari a’lo bo‘lishi lozim;
Grantning foydali tomonlari: Bakalavriat hamda magistratura bosqichlariga qabul qilingan nomzodlarning 50%, 75%, 100%, gacha bo‘lgan miqdorlarda kontrakt pullari to‘lab beriladi. O‘rtacha kontrakt narxlari bilan bu yerda tanishing.
Eslatma: Ushbu grant talabaning boshqa yashash, oziq ovqat va shu kabi xarajatlarini qoplab bermaydi.
Kerakli Hujjatlar:
- Til Sertifikatlari;
- Maktab, kollej, litsey hamda bakalavriat dilplom nusxasi;
- Akademik baholar jamlanmasi;
- Barcha hujjatlar ingliz tilida yoki fin,shved tillariga tarjima qilingan holda bo‘lishi kerak;
- Tanlagan yo‘nalishga ko‘ra yana qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin;
Eslatma: Qabul 2022-yil 5-yanvardan 19-yanvarga qadar davom etadi. Barcha arizalar bu yerda qabul qilinadi, shuningdek pochta orqali hujjatlarni jo‘natish uchun quyidagi manzilga jo‘natiladi:
Registry Office
University of Oulu
Pentti Kaiteran katu 1
90014 University of Oulu
FINLAND
Barcha savollar yuzasidan ushbu emailga yoki +358 294 484 108 bog‘laning!