Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy miqdori 55 200 AQSH dollarga teng grant

18.10.2021 20:49
AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy miqdori 55 200 AQSH dollarga teng grant

Muddati:

01.12.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

www.suu.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Grant dasturi va universitet haqida qisqacha:

Janubiy Yuta universiteti - Sidar shahridagi davlat universitet bo‘lib, ushbu oliygoh Yutadagi 33-o‘rindagi eng yaxshi jamoat maktabi bo‘lib, u o‘zining o‘quvchilarini tajriba, ta’lim va shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini rivojlantirishlariga yordam beradi.

See the source image

Universitet tomonidan taqdim etilayotgan grant dasturi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.

Dastur kimlar uchun?

  • Dastur barcha davlatlardan bo‘lgan xalqaro talabalar uchun.

Qaysi ta’lim yo‘nalishlari uchun:

Grant dasturi universitet tomonidan taklif etiladigan barcha bakalavriatura dasturlari uchun amal qiladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Talabalar universitetning bakalavriat dasturlaridan biriga avvalo BU YERDAN ariza topshirishlari va o‘qishga qabul qilinishlari kerak. Grant uchun esa alohida ariza topshirish shart emas, o‘qishga qabul qilingan talabalar nomzodligi avtomatik ko‘rib chiqiladi.

Til talabi:

Nomzodlar quyidagi ingliz tilini bilish testlari natijalaridan biri bo‘lishlari shart:

  • TOEFL(IBT) – 68
  • TOEFL (PBT) – 497
  • IELTS – 5.5

Qabulning asosiy talabi:

  • Talabalar 31-34 ACT yoki 1360-1570 SAT natijasiga ega bo‘lishlari va stipendiyani saqlab qolishlari uchun o‘qish davomida yuqori GPA ko‘rsatkichini saqlab qolishlari kerak.

Dasturning manfaatli tomonlari:

Oliygoh tanlangan xalqaro abituriyentlarga umumiy miqdorda taxminan 55 200 AQSh dollar miqdorida mablag‘ taqdim etadi va bu summa sakkiz semestrgacha yoki diplom tugagungacha har semestrda 6908 AQSh dollaridan beriladi.

Batafsil bu yerdan ma’lumotga ega bo‘ling