Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

Cambridge University: MBA yo‘nalishida ta’lim olish uchun qiymati taxminan 41 200 AQSh dollarlik grant

08-aprel 07:47
Cambridge University: MBA yo‘nalishida ta’lim olish uchun qiymati taxminan 41 200 AQSh dollarlik grant

Muddati:

15.05.2022

Davlat:

Buyuk Britaniya

Grant turi:

Magistratura

Universitet va dastur haqida qisqacha:

Buyuk Britaniyadagi Cambridge universiteti 1209 yilda tashkil etilgan eng qadimiy va eng nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Aynan grant taklif etilayotgan MBA dasturi esa dunyodagi eng nufuzli universitetlardan birida o‘qitiladigan dunyodagi etakchi biznes dasturlaridan biridir. Boustany MBA Cambridge Scholarship grant dasturi har ikki yilda bir marta Cambridge universiteti, Judge Business School oliygohlarida o‘qitiladigan bir yillik kurs uchun beriladi.

See the source image

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  • Barcha xalqaro talabalar grant dasturi uchun ariza berishlari mumkin;
  • Nomzodlar yuqori ilmiy ma’lumotga ega bo‘lishi kerak;
  • Barcha nomzodlar Cambridge universitetining MBA stipendiyasiga universitetning o‘zidan taklif xati olingandan so‘ng murojaat etishlari mumkin;
  • Nomzodlar biznes yo‘nalishida magistratura bosqichida ta’lim olishga qiziqishi kerak.

Grantning manfaatli tomonlari:

Grant quyidagilarni moliyalashtiradi:

  • O‘quv to‘lovlari uchun 30 ming funt sterling (taxminan 41 200 AQSh dollarlik grant) miqdorida moliyaviy yordam,
  • Amaliyot bilan bog‘liq sayohat va turar joy xarajatlari.

Ushbu grant dasturi 2022 yil kuzida boshlanadigan MBA dasturi kurslari uchun beriladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Grant dasturi uchun hujjat topshirishdan avval bu yerdan Cambridge universiteti MBA dasturi uchun ariza topshiring. Shundan so‘ng quyidagi hujjatlarni:

  • CV (rasm bilan);
  • Universitetdan kelgan qabul qilingan lik xati (MBA uchun);
  • GMAT sertifikati;

quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin bo‘ladi:

Ariza topshirish uchun oxirgi muddat: 2022 yil 15-may.

Batafsil bu yerda