Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy qiymati 40 000 AQSH dollarga teng grant

8.03.2021 03:20
AQSH: Bakalavr bosqichida o‘qish uchun umumiy  qiymati 40 000 AQSH dollarga teng grant

Muddati:

01.04.2021

Davlat:

Amerika Qo‘shma Shtatlari

Rasmiy havola:

umdearborn.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant borasida qisqacha:

AQSHning University of Michigan-Dearborn universiteti dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan xalqaro talabalarga bilim ulashib kelayotgan nufuzli universitetlardan biri sanaladi. Ushbu universitet tomonidan taklif etilayotgan International Students Scholarship granti esa a’lochi va yetakchi xalqaro talabalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Grantning umumiy qiymati 40 000 AQSH dollarini tashkil etadi va uni qo‘lga kiritgan nomzod uchun aynan University of Michigan-Dearborn universitetining bakalavr bosqichidagi kurslardan birida o‘qishi uchun yiliga 10 000 AQSH dollardan 4 yil davomida berib boriladi.

Grantga kimlar ariza berishi mumkin:

University of Michigan-Dearborn universitetida bakalavr bosqichi kurslaridan biriga qabul qilingan barcha xalqaro nomzodlar ushbu grant uchun ariza berishlari mumkin. Xalqaro talabalar ushbu grantga ariza berish avvalida mezbon universitet taklif etayotgan bakalavr bosqichi kurslaridan biriga ariza topshirib qabul qilinishlari va AQSH da o‘qish uchun talabalik vizasini olgan bo‘lishlari kerak. Universitet taklif etayotgan bakalavr bosqichi kurslarini bu yerdan topshingiz va ulardan biriga ariza topshirishingiz mumkin.

Nomzodlarga qo‘yilgan talablar:

  1. AQSH davlatida o‘qish uchun amaldagi talabalik vizasiga ega bo‘lishi;
  2. GPA 3.0 (4.0 ballik tizimda)
  3. Kamida 1020 (Combined) va undan yuqori ballik SAT sertifiktatining bo‘lishi;
  4. University of Michigan-Dearborn universitetida bakalavr (full-time) bosqichi kurslaridan biriga qabul qilingan bo‘lishi;
  5. Til sertifikatining bo‘lishi - IELTS (6.5), TOEFL (IBT-80, CBT-213, PBT-550), or MELAB (76);
  6. Universitetda ham GPA ko‘rsatkichini 3.0 balldan tushurib yubormasligi kerak.

Universitet taklif etayotgan bakalavr bosqichi kurslarini bu yerdan topshingiz va ulardan biriga bu yerdan onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Eslatma: Universitet tomonidan taklif etilayotgan bakalavr bosqichi kurslari uchun qabul - 2021-yil 1-aprel sanasida o‘z yakuniga yetadi!

Bakalavr bosqichi kurslari uchun qo‘yilgan umumiy va maxsus talabalarni bu yerdan topishingiz mumkin.

Grant uchun ariza topshirish jarayonida muammo yoki savollar tug‘ilsa, quyidagi manzilga murojaat qiling:

Office of Financial Aid & Scholarships

umd-ask-ofa@umich.edu

Batafsil rasmiy saytda