Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

KAIST Scholarship 2021: Koreyaning KAIST universitetida bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun to‘liq grant va oylik stipendiya

13-aprel 05:35
KAIST Scholarship 2021: Koreyaning KAIST universitetida bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun to‘liq grant va oylik stipendiya

Muddati:

31.05.2021

Davlat:

Janubiy Koreya

Rasmiy havola:

www.kaist.ac.kr

Grant turi:

Bakalavriatura, Magistratura, Doktorantura

Grant va universitet haqida qisqacha:

KAIST (Korean Advanced Science and Technology Institute) - Janubiy Koreyaning Daedeok innopolisida joylashgan milliy tadqiqot universiteti hisoblanadi. KAIST Koreya hukumati tomonidan 1971 yilda mamlakatning birinchi jamoatchilik, tadqiqotga yo‘naltirilgan ilmiy va muhandislik muassasasi sifatida tashkil etilgan. KAIST Scholarship 2021 granti Janubiy Koreyada to‘liq moliyalashtirilgan stipendiya dasturi hisoblanadi va u barcha o‘qish va yashash xarajatlarini qoplashi ko‘zda tutilgan. KAIST universitetining o‘zi esa THE (Times Higher Education) e’lon qilgan dunyo universitetlari reytingida #96-o‘rinni egallaydi. KAIST universiteti tomonidan o‘qitiladigan barcha o‘quv kurslari haqida bu yerdan ma’lumot olishingiz mumkin. Agar sizda ham shunday nufuzli universitetda mutlaqo bepul o‘qish istagi bo‘lsa, u holda shoshiling!

See the source image

Eslatma: KAIST Scholarship grant dasturi aslida barcha bosqich talabalari uchun ko‘zda tutilgan, ammo 2021-yil (Fall semester early admission 2021) uchun uning magistratura va doktorantura bosqichlari uchun arizalarni topshirish muddati tugagan.

Grantning umumiy tafsilotlari:

  • Davlat: Janubiy Koreya;
  • Universitet: KAIST universiteti;
  • Grant turi: Xalqaro to‘liq grant;
  • Manfaatli jihatlari: To‘liq o‘qish puli qoplanadi va talaba bepul sug‘urta hamda oyiga 350 000 Korean Won (taxminan $314) miqdorida stipendiya bilan ta’minlanadi;
  • Davomiyligi: 8 semestr (4 o‘quv yili)
  • Kimlar uchun: KAIST universitetida bakalavr bosqichida o‘qishni istagan barcha xalqaro talabalar uchun;

Eslatma: Ushbu grant uchun talab yuqori bo‘lib, uni yutib olgan talaba baholari keyinchalik 4.3 ballik tizimda 2.7 balldan tushib ketmasligi kerak!

Hujjatlarni yuborish sanalari:

Odatda grant uchun hujjatlar 3 ta alohida vaqtlarda (early, regular, late track) qabul qilinadi va ayni vaqtda "Fall 2021 Late Track" uchun arizalar bu yerda qabul qilinmoqda. Ushbu bosqich uchun arizalarni qabul qilish 2021-yil 1-mart sanasidan boshlandi va quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan muddatlargacha talab qilingan hujjatlar taqdim etilishi shart:

Arizalar qabul qilish boshlanishi Arizalar va xujjatlar yuborish uchun oxirgi muddat Tavsiyanoma (Reccomendation Letter) larni yuborish uchun oxirgi muddat
2021-yil 1-mart 2021-yil 28-may 2021-yil 31-may

Zaruriy hujjatlar ro‘yhati:

  1. Ariza formasi (bu yerda to‘ldiriladi);
  2. 1 dona tavsiyanoma (faqat bitta o‘qituvchigina tavsiyanoma taqdim etuvchi sifatida ko‘rsatilishi kerak.
    Tavsiyanoma nomzodning sinf rahbari, akademik maslahatchasi yoki aniq fanlar o‘qituvchilaridan biridan olinishi mumkin. Tavsiyanoma to‘liq koreys tilida yoki ingliz tilida yozilishi kerak. Tavsiyanoma yuborishning so‘nggi muddati yuqoridagi jadvalda keltirilgan);
  3. High School Profile (batafsil bu yerdan topishingiz mumkin);
  4. Til bilish sertifikati: sertifikat uchun ma’lum ball majburiy natija sifatida belgilanmagan, balki tavsiya qilingan. Tavsiya qilingan til darajasini qavs ichida ko‘rishingiz mumkin (It is strongly recommended that applicants achieve above TOEFL iBT 83, TEPS(NEW) 326, IELTS 6.5 and TOEIC Listening & Reading 720 or higher.);
  5. SAT/ACT (Standartized Official Tests) natijalari. Ushbu test natijalari test oluvchi markaz tomonidan KAIST universitetiga online tarzda rasman yuborilishi kerak (ular o‘rniga xalqaro olimpiada qatnashchisi ekanligi haqida rasmiy bayonot ham taqdim etilishi mumkin);
  6. Pasport nusxasi;
  7. Moliyaviy holati haqida ma’lumotnoma;
  8. Nomzodning arizasiga yordam berishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar (ixtiyoriy).

Yo‘riqnoma va zaruriy hujjatlar borasida qo‘shimcha bandlarni to‘liq holatda bu yerdan yuklab olishingiz va tanishib chiqishingiz mumkin.

Xalqaro nomzodlar quyidagi qo‘shimcha 2 ta talablarga ham mos kelishlari kerak:

  • Ariza beruvchining otasi ham onasi ham Koreya fuqarosi bo‘lmasligi shart;
  • Kelib chiqishi Koreyalik nomzodlar esa boshlang‘ich va o‘rta maktabni xorijda tamomlagan bo‘lishlari shart (Koreyadagi xalqaro maktablar bundan mustasno).

Qo‘shimcha ma’lumotlar:

E-mail: creative.adm@kaist.ac.kr
Website: https://admission.kaist.ac.kr/intl-undergraduate/
Mailing Address: Undergraduate Admissions Team, Office of Admissions, KAIST, #102, Yang Boon Soon Bldg. (E16-1), 291 Daehak-ro, Yuseong-gu, Daejeon 34141, Republic of Korea

Batafsil rasmiy saytda