Tarix va geografiya fanlaridan tayyorlanib, oliygohlarning qaysi yo‘nalishlarga hujjat topshirish mumkin?
04-iyun 15:43

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019-yil 19-dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unda fanlar nomi, test topshiriqlari soni, baholash mezonlari (har bir to‘g‘ri javobga beriladigan ball) va maksimal ball miqdori keltirilgan.
Jumladan, geografiya va tarix fanlaridan oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlariga tayyorlanayotgan abituriyentlar quyidagi taʼlim yo‘nalishlariga hujjat topshirishlari mumkin:
- Antropologiya va etnologiya
- Arxeologiya
- Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)
- Tarix va ekskursiya-o‘lkashunoslik ishi
- Tarix. Buxoro tarixi
- Tarix o‘qitish metodikasi
Teglar
Xabarni ulashing
O‘xshash xabarlar
“Sirtqi ta’lim shaklida imtihonlar onlayn bo‘ladimi?”
13-avgust 15:56
Imtihonlari usti ochiq katta maydonlarda o‘tkaziladimi?
05-avgust 10:06
Magistratura imtihoniga IQ darajasini aniqlash uchun testlar ham qo‘shiladi – vazirlik
02-avgust 14:59
Abituriyent ruxsatnomasi qachon beriladi?
28-iyul 13:17