Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

O‘zbekistonlik yoshlarning xorijdagi statistikasi

1.06.2021 11:10
O‘zbekistonlik yoshlarning xorijdagi statistikasi

O‘zbekistonlik yoshlarning yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga o‘qish yoki ishlash uchun chiqib ketishi sezilarli oshib bormoqda.

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yilning birinchi yarmida Rossiyaga 181 500 nafar xorijlik o‘qish uchun borgan bo‘lsa, shundan 24 ming nafari – o‘zbekistonliklardir.

Tojikiston tomonidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda respublikada o‘zbekistonlik talabalar soni 3 mingga yetgan. Bu ko‘rsatkich, qo‘shni Qirg‘izistonda 30 ming, Qozog‘istonda 26,5 ming, Janubiy Koreyada 10 ming, Xitoyda 5 ming, Germaniyada 2 ming, Latviyada – 1,5 ming, Turkiyada – 3,5, Belarusda – 2 ming, Ukrainada 4 ming, Yaponiyada 750 va Misr Arab Respublikasida 550 nafardan ortiqroqni tashkil qiladi.

Qolgan xorijiy davlatlardagi yoshlar ham umumlashtirilganda, hozir o‘zbekistonlik 112 850 nafardan ortiq yoshlar xorijda o‘qiyapti (raqamlar bundan yuqoriroq bo‘lishi mumkin – O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi).