ABITURIYENTLAR DIQQATIGA! Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Ma’lumki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etishi uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.
Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish tizimi (abitur.dtm.uz sayti) Yagona billing tizimiga integratsiya qilingan bo‘lib, to‘lov uchun invoys shakllantirish, to‘lovlarni tekshirish kabi jarayonlar onlayn tarzda amalga oshirilmoqda.
Dasturda abutiriyentlarning toifasidan kelib chiqqan holda invoys hosil qilinadi. Ya’ni, to‘lovni amalga oshirishi kerak bo‘lgan abituriyentlarga invoys shakllantiriladi, to‘lovni amalga oshirmaydigan toifadagi abituriyentlarga esa invoys shakllantirilmaydi.
Ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng shaxsiy kabinetida qayd varaqa bilan birga invoys hosil bo‘lgan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish muddati yakunlangun (20-iyul)ga qadar, to‘lovlarni amalga oshirishlari lozim.
To‘lovni Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron to‘lov tizimlari yoki bank kassalari orqali amalga oshirish mumkin.
Test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
Shu sababli, abituriyentlardan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishlarini so‘raymiz va to‘lov amalga oshirilmagan taqdirda test sinovlarida ishtirok eta olmasliklarini eslatib o‘tamiz.