Majburiy ona tilidan layfxak
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Majburiy ona tiliga internetda o‘tirib ham tayyorlanishingizga yordam qiladigan oddiy layfxak.
Majburiy ona tilidan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri yozilgan so‘zlarni topish testlari ko‘p tushadi. Shuning uchun dars qilib bo‘lib, dam olish uchun internetda yozishayotganingizda (maktabda insho yozayotgandek) bexato yozing:
"wawlu yeywga qacho boramuza" emas, "Shashlik yeyishga qachon boramiz?"
"qzla yengiligm bor yengi koyne ollim" emas, "Qizlar, yangiligim bor. Yangi ko‘ylak oldim"
Bu bilan siz so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini tezroq yodda saqlab qolasiz. IELTS’dan writing oshishi uchun ingliz tilida nimadir bo‘lsa ham yozishni tavsiya qilishadi. Lekin siz inglizcha yozayotganingizda xato yozmaysiz-ku, bu ham xuddi shunga o‘xshagan holat.
IELTS olgandan keyin ko‘pchilik ingliz tilida yozishni mashq qilishni to‘xtatishadi. Siz ham xohlasangiz, ona tilingizda bexato yozishni imtihondan keyin to‘xtatavering.
"Lekin bitta narsani tushunmayapsiz. Agar do‘stlarim bilan bunday aqllicha yozishadigan bo‘lsam, ularning ko‘ziga g‘alati ko‘rinaman-ku", — deyishingiz mumkin. Lekin o‘zingizga savol bering: agar o‘qishga kirolmasangiz, to‘g‘ri yozganingiz uchun ustingizdan kuladiganlar kelib: "Sening ustingdan kulganim uchun o‘qishga kirolmading. Barcha aybni o‘z bo‘ynimga olaman", — deyishadimi?
Maqsadlaringiz tomon eltadigan yo‘ldan shu odamlarning fikri sabab voz kechib yuborasizmi? Oldingizda maqsadlaringizni eltadigan yo‘lni hurmat qiladigan odamlar bo‘lishi kerakmi yoki uni mensimaydiganlarmi?
Avalboyev Suxrob