Kam uxlaydigan abituriyent organizmida qanday kasalliklar xavfi oshadi?
Kirish ballari elon qilindi
➡️ MANDAT 2024
Sog‘lom uyqu organizm uchun juda muhimdir. Kunduzi nima sodir bo‘lishidan qat’i nazar, kechasi vaqtida va yetarlicha uxlash lozim. Doimiy uyqusizlik natijasida kelib chiqadigan 8 ta asosiy xavfni e’tiboringizga havola etamiz.
Organizm dam olishi uchun 8-9 soatlik uyquga muhtoj. Bundan tashqari, uyqu yetarlicha bo‘lishi va chuqur uyqu fazasi iloji boricha uzoqroq bo‘lishi muhimdir. Uyquning yetishmasligi nafaqat yomon kayfiyat va ishlashning pasayishiga — ko‘plab tadqiqotlar shuni tasdiqlaydiki — muntazam uyqusizlik sog‘liqqa va hatto umr ko‘rish davomiyligiga salbiy ta’sir qiladi.
Reaksiyaning pasayishi
Qanchalik uyqu kam bo‘lsa, diqqatni jamlash uchun shuncha ko‘proq vaqt kerak bo‘ladi. Mashina haydash, mashqlar va yaxshi reaksiyani talab qiladigan boshqa mashg‘ulotlar yetarlicha uxlamagan holatda pasayib boradi.
Xotira yomonlashadi
Imtihonga yoki muhim nutqqa yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun tun bo‘yi uxlab qolasizmi? Ehtimol, holat mumkin bundan ham yomonroq bo‘lishi mumkin. Uyquning yetishmasligi yangi ma’lumotlarni eslab qolish, shuningdek, xotiradan oldindan saqlangan ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
Immunitetning zaiflashishi
Uxlash vaqtida organizm nafaqat dam oladi, balki tuzaladi ham. Ikki yillik tadqiqot shuni tasdiqladiki, uxlash aslida virusli respirator kasalliklardan, masalan, grippdan tiklanishni tezlashtiradi. Uyqu paytida immunitet tizimi bakteriyalar va viruslarga qarshi kurashadigan sitokinlar kabi himoya moddalarni ishlab chiqaradi. Kam uyqu kasallikka qarshi samarali kurashish uchun sitokinlarni yetarlicha ishlab chiqarmaydi va natijada inson betob bo‘ladi.
Yurak kasalligi xavfining ortishi
Yaxshi uyqu qonda shakar darajasini, shuningdek, qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi. Oxirgi omil yurak-qon tomir tizimining salomatligi uchun, ayniqsa, muhimdir. Ko‘plab zamonaviy tadqiqotlar uyqusizlik insult va yurak xuruji xavfining ortishi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni tasdiqlaydi.
Depressiya xavfining ortishi
2017-yilda 10 ming kishi ishtirok etgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, uyqusizlikdan aziyat chekadigan odamlarda depressiya rivojlanish xavfi besh baravar yuqori. Shu bilan birga, uyqusizlik bu kasallikning birinchi alomatlaridan hisoblanadi.
Vazn ortishi
Uyqu qancha kam bo‘lsa, metabolizmni tartibga soluvchi leptin darajasi shunchalik pasayadi va ochlik gormoni deb ataladigan grelin shunchalik yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, yetarlicha uxlamaslik natijasida stressni yengish uchun nosog‘lom ovqatlarni tanlash ehtimoli ko‘payadi.
Qandli diabet xavfining ortishi
Yaxshi uyqu organizmga glyukozani qayta ishlashga yordam beradi. Yetarlicha uxlamaslik natijasida hujayralar glyukozani sekinroq qayta ishlaydi va diabet xavfi sezilarli darajada oshadi.