Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

4 ta viloyatdagi OTMlarda tibbiyot yo‘nalishidagi fakultetlar ochiladi

2.03.2021 15:40
4 ta viloyatdagi OTMlarda tibbiyot yo‘nalishidagi fakultetlar ochiladi

Prezident farmoniga koʻra, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab mavjud ehtiyojdan kelib chiqib:

  • Qarshi davlat universiteti,
  • Jizzax davlat pedagogika instituti,
  • Navoiy davlat pedagogika instituti,
  • Guliston davlat universitetida tibbiyot fakultetlari tashkil qilinadi.

Bu haqda Harakatlar strategiyasining 4 yillik faoliyatiga bag‘ishlangan xalqaro forumda Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili O‘ktam Ismoilov ma’lum qildi.

Ularda va boshqa tibbiy oliy taʼlim muassasalarida yetakchi xorijiy tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlari bilan qoʻshma dasturlari asosida oʻqitish tizimi joriy qilinishi belgilangan.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlarida oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlash tizimi joriy qilinadi. Bunda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari va takliflariga asosan texnikumlar va kollejlarda oilaviy shifokorlar yordamchilarini tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini joriy qiladi;

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari va tibbiyot kollejlari oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga biriktiriladi, ularning oʻquvchilari ixtisosligidan kelib chiqib ushbu muassasalarda amaliyot oʻtaydi.