Oliygoh.uz Aniq maqsad - g‘alabaga yetaklaydi.

AQSH: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun qiymati 10 000 AQSh dollarlik grant dasturi

09-aprel 05:37
AQSH: Bakalavr bosqichida ta’lim olish uchun  qiymati 10 000 AQSh dollarlik grant dasturi

Davlat:

AQSH

Rasmiy havola:

news.fit.edu

Grant turi:

Bakalavriatura

Universitet va grant dasturi haqida qisqacha:

Florida Texnologiya Instituti muhandislik va ilm-fanga yo‘naltirilgan tadqiqot oliygohi hisoblanadi. Oliygoh tomonidan bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash o‘quv kurslari mavjud. Universitetning o‘zi esa THE (Times Higher Education) e’lon qilgan xalqaro universitetlar reytingida #801-1000 o‘rinni egallaydi.

See the source image

Oliygoh tomonidan taklif etilayotgan New Florida Tech Scholarship grant dasturi 2021-2022 o‘quv yilida oliygohning bakalavriat dasturlarida o‘qish niyatida bo‘lgan xalqaro talabalar uchun taqdim etiladi.

Grantning manfaatli tomonlari:

Grant uchun tanlab olingan yuqori ko‘rsatkichli xalqaro talabalar uchun 10 000 AQSh dollari miqdorida grant taqdim etiladi. Ushbu grant talabalarning o‘quv to‘lovi uchun yo‘naltiriladi.

Ariza topshirish jarayoni:

Dastur uchun alohida ariza berish shart emas. Oliygohning bakalavriatura bosqichi uchun kelib tushgan barcha arizalar gran uchun ham bevosita ko‘rib chiqiladi. Nomzodlarning GPA natijalari 3.85 ball bo‘lishi talab etiladi. Oliygoh taklif etayotgan bakalavriat kurslari orasidan o‘zingiz uchun ma’qulini tanlagan holda bu yerdan ariza berishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot bu yerda