Oliygoh.uz Aniq maqsad -
g'alabaga yetaklaydi
Kirish ballari Blok testlar DTM testlar

Daniya: Barcha bosqichlar uchun to‘liq va qisman moliyalashtirilgan grantlar

8.03.2021 20:16
Daniya: Barcha bosqichlar uchun to‘liq va qisman moliyalashtirilgan grantlar

Muddati:

31.03.2021

Davlat:

Daniya

Rasmiy havola:

studyindenmark.dk

Grant turi:

Bakalavriatura, Doktorantura, Magistratura

Grant haqida qisqacha:

Denmark Government Scholarship grant dasturi Daniya hukumatining Oliy ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan grant dasturi hisoblanadi. Ushbu grant Yevropadan tashqaridagi barcha mamlakatlardan kelgan barcha talabalar uchun mavjud bo‘lgan barcha fanlar bo‘yicha bakalavr, magistratura va doktorantura bosqichlarida o‘qishlari uchun taqdim etilishi ko‘zda tutiladi.

See the source imageGrantning manfaatli jixatlari:

  • O‘quv dasturi to‘lovi to‘liq yoki qisman qoplanadi;
  • Yashash xarajatlari uchun oylik stipendiya ajratiladi.

Grantga ariza berish va umumiy talablar:

Daniya hukumati taqdim etayotgan ushbu grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Nomzodlar uchun umumiy va asosiy talab - ular Yevropa va Shvetsariya hududidan tashqaridagi mamlakatlarning fuqarolari bo‘lishlari kerak. Nomzodllar quyida nomlari keltirilgan 8 ta universitetlardan o‘zlari uchun ma’qul kurs uchun ariza berishlari kerak. O‘qish uchun qabul qilingan barcha talabalarning hujjatlari grant dasturi uchun ham ko‘rib chiqiladi.

Universitetlar:

Eslatma: Yuqoridagi barcha universitetlar taklif etayotgan kurslar uchun talablar bosqich va o‘quv kurslariga qarab farq qiladi. Buning uchun avvalo bu yerdan o‘zingiz uchun universitet va ta’lim yo‘nalishini tanlab oling va tanlagan kursingiz talabnomasi bilan tanishib chiqing.

Tugash muddati: 2021-yil 31-mart

Batafsil rasmiy saytda